29 apr 18:37
Yangiliklar
Boks/MMA
Avazbek Xolmirzaev yaponiyalik jangchini nokautga uchratib, ONE Championship tarixidagi ilk o'zbekistonlik chempionga aylandi! (VIDEO)
Yaponiyaning Tokio shahridagi Ariake Arena majmuasida aralash yakka kurashlar bo'yicha ONE Samurai turniri bo'lib o'tdi.
Musobaqaning co main event (ikkinchi asosiy jangida) hamyurtimiz Avazbek Xolmirzaev o'ta engil vazn toifasida ONE Championship Ligasining amaldagi chempioni, yaponiyalik Yuya Vakamatcu bilan to'qnash keldi.
Quvonarlisi, 5 raundlik titul bellashuvida Avazbek raqibini ikkinchi raundda nokautga uchratib, muddatidan avval g'alabaga erishdi.
Bu orqali hamyurtimiz o'ta engil vazn toifasida ONE Championship chempionlik kamariga ega chiqdi va Liganing o'zbekistonlik ilk chempioniga aylandi.
Havola :
Manba : Olamsport.com
Fikrlar