30 apr 08:13
Yangiliklar
Bivol mag'lubiyatga uchragan taqdirda ham chempion bo'lib qoladi
Qizig'i shundaki, Bivol bo'lajak chempionlik himoya jangida mag'lubiyatga uchrasa ham WBO kamarini o'zida saqlab qoladi. WBO tashkiloti bu jangni chempionlik himoyasi sifatida tan olmaydi. Aksincha, u WBA, IBF, shuningdek, The Ring jurnalining 79,4 kg vazn toifasidagi chempionlik kamarlarini himoya qiladi.
Dmitriy Bivol umurtqasidagi disk churrasini olib tashlash operaciyasidan so'ng birinchi jangini o'tkazadi. U oxirgi marta o'tgan yilning fevral oyida Ar-Riyodda ringga chiqqan va hamyurti Artur Beterbievdan revansh olib, mutlaq chempion bo'lgan edi.
Maykl Ayfert IBF chempionlik kamari uchun majburiy davogar bo'lib, 2023 yilning mart oyida sobiq jahon chempioni Jan Paskalni mag'lub etgan va o'z faoliyatidagi eng muhim g'alabasiga erishgan edi.

Fikrlar