24 sen 16:16
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahodir Jalolov: "Qozog'istonlik raqibimni O'zbekistonga taklif qildim"
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida boks bo'yicha jahon chempionati yakuniga etdi.
Musobaqada superog'ir vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Bahodir Jalolov final jangi haqidagi taassurotlari bilan o'rtoqlashdi. Hal qiluvchi jangda qozog'istonlik Qamshibek Konkabaev Bahodirga nisbatan hurmatsizlik qilgandi.
"Ringda balki jahlim chiqishi mumkin, ammo ringdan tashqarida men o'zimni ushlayman. Raqibimga iloji boricha "O'zingni bosib ol, bu boks. O'zbekistonga kelgin, seni mehmon qilaman, kutaman" deb aytdim. Bokschilar ringdan tashqarida do'st bo'lishi kerak deb o'ylayman", - deedi Bahodir Jalolov.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar