So’nggi yangiliklar

18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0 13:15Octagon навбатдаги турнири Ўзбекистонда ўтказилишини анонс қилди 0 12:36IV Ёшлар Олимпиадаси. Бугун боксчиларимиз финал учун рингга кўтарилади. Жуфтликларнинг бирида ўзбек-қозоқ қарама-қаршилигига гувоҳ бўламиз 0 12:05Кукурелья Гюлер ҳақида: "У ёш болага ўхшайди, лекин унинг ўйини ҳайратланарли" 0 11:34UFC 334 турнирининг асосий янгилиги Нурмагомедов бўлиши мумкин 0

22 fev 13:41
Yangiliklar

Futbol

Bahodir Qurbonov: "Birinchi qadamni futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz"

Biroz oldin O'FAning navbatdan tashqari saylov kongressida tashkilotga yangi prezident saylandi.

Unga ko'ra, Davlat Xavfsizlik Xizmati rahbari Bahodir Nizomovich Qurbonov O'FA prezidenti sifatida ishga kirishdi. 

"Delegatlarga mening nomzodimni O'FA prezidentligiga loyiq ko'rganingiz uchun minnatdorchilik bildiraman. Barchaga malumki, futbol O'zbekistonda ommaviy va eng sevimli sport turi hisoblanadi. Muhtaram prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev tomonidan yurtimizda futbolni rivojlantirish, yangi darajaga olib chiqishga qaratilgan ko'plab muhim hujjatlar imzolandi. Bu esa o'z navbatida so'nggi yillarda futbolimizda katta o'sishga turtki berdi. FIFA va OFK bilan hamkorlikda futbolimiz infratuzilmasini yaxshilash, futbol bilan shug'ullanish uchun qulayliklar yaratish bo'yicha qator loyihalar amalga oshirilmoqda. O'smirlar va yoshlar terma jamoalarimiz xalqaro maydonda yorqin g'alabalar qayd etishmoqda. O'tgan yili futbolimiz tarixida birinchi marotaba U-23 terma jamoamiz yozgi Olimpiada o'yinlarida ishtirok etdi, U-20 terma jamoamiz Osiyoda tengsiz deb topildi. O'smirlar terma jamoamiz Jahon chempionatida kuchli sakkizlikdan joy oldi. Bugungi kunda O'zbekiston eng nufuzli futbol turnirlari mezboni sifatida etirof etilmoqda. FIFA Prezidenti Janni Infantino 2024 yil O'zbekiston mezbonlik qilgan Jahon chempionatini tarixdagi eng zo'ri sifatida baholadi. O'z navbatida mening yangi lavozimdagi vazifam mana shu rivojlanishni davom ettirgan holda yanada katta natijalarga erishish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishdan iborat. 

Umid qilamanki, futbol sohasida faoliyat yuritayotgan har bir inson davlatimiz rahbarining berayotgan ishonchini oqlash, muxlislar kutayotgan natijalarni qayd etish uchun o'z vazifalariga masuliyat bilan yondoshishadi. Hurmatli kongress ishtirokchilari men prezident sifatida bugundan aytamanki, har birlaringizning bilim, ilmlaringizga, yordamlaringizga muhtojman. O'ylaymanki, biz birgalikda bu masuliyatli vazifani amalga oshiramiz. Oldimizda katta maqsadlar turibdi. Milliy terma jamoamiz yaqin vaqt ichida Jahon chempionati saralash bosqichining hal qiluvchi bahslarida ishtirok etadi. Mundialda qatnashish xalqimizning azaliy orzusi hisoblanadi. Muxlislarning ishonchini qozonish, stadionlarni ishqibozlar bilan to'ldirish, futbolda halollik, shaffoflikni taminlash borasida katta vazifalar turibdi. O'ylaymanki, futbol mutaxassislari, OAV birgalikda va hamjihatlikda ishlab maqsadimizga etamiz. Birinchi qadamlarimiz futbolni raqamlashtirishdan boshlaymiz. Raqamlashtirish shaffoflik, yosh futbolchilarni tarbiyalash, ilmiy nuqtai nazaridan kuzatish imkonini beradi. Yana bir bor kongress ishtirokchilariga rahmat aytaman va ishonchlaringni oqlash uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman", - dedi Bahodir Qurbonov. 

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing