05 iyu 13:48
Yangiliklar
Boks/MMA

Bahrayn super boks kechasiga mezbonlik qilishi mumkin
Yarim o'rta vazn toifasida WBA va WBO kamarlari sohiblari Menni Pakyao hamda Terens Krouford o'zaro jang qilishlari mumkin.
Bu haqida Top Rank rahbari Bob Arum malum qildi.
“Menni Pakyao va Terens Krouford bu yil o'zaro jang qilishga ulgurishadi. Bahrayn hukumati bu jangga mezbonlik qilishga jiddiy bel bog'lagan. Hozircha nima bo'lishi aniq emas, lekin Bahraynda jang o'tkazish uchun yaxshi imkoniyatimiz bor”, - dedi Arum.
Malumot uchun, Menni professional faoliyati davomida 71 ta jangda ishtirok etib, 62 tasida g'alaba qozongan, 7 ta jangda imkoniyatni boy bergan va ikkita jangi durang natija qayd etgan. 32 yoshli Terens esa faoliyati davomida 36 ta bahsda ishtirok etib, barcha raqiblarini mag'lub etishni uddalagan.
Havola :
Manba : matchtv.ru
Fikrlar