28 dek 12:37
Yangiliklar
Voleybol
Bangladeshda sohil voleyboli bo'yicha xalqaro musobaqa boshlandi
Musobaqada Markaziy va Janubiy Osiyo (CAVA) mintaqalarining jamoalari ishtirok etmoqda.
Turnirda O'zbekiston ayollar terma jamoasi ikkita tarkib bilan qatnashmoqda. Dastlabki kun bahslarida Sotivoldieva hamda Jamolovadan iborat O'zbekistonning ikkinchi jamoasi Bangladesh II jamoasini 21:13, 21:16 hisoblarida mag'lub etdi.
Musobaqada O'zbekiston, Bangladesh (2 tadan jamoa), Nepal, SHri-Lanka davlatlaridan 6 ta jamoa qatnashmoqda. Turnir murabbiylar uchun kelasi yil Xanchjouda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlari oldidan optimal tarkibni saralab olish imkoniyatini beradi.
Reglamentga ko'ra, bugun qizlarimiz saralash bosqichi doirasida barcha raqiblar bilan hisob-kitob qilishadi. Ertaga pley-off bahslari o'tkaziladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar