01 iyu 09:07
Yangiliklar
Boks/MMA

“Barchasi jiddiylashib ketmoqda. Uayt Jon Jons haqida keskin fikr bildirdi
UFC rahbari Dana Uayt va tashkilot chempioni Jon Jons o'rtasidagi o'zaro nizo avjiga chiqmoqda.
“Aldashdan menga nima foyda? Advokatim va Jons o'zaro muzokara olib borishdi. Jons UFCning Lebron Jeymsi bo'lishi mumkin edi. Lekin o'zining xatti-harakatlari bilan barchasini barbod qilishda davom etmoqda.
U bitta jang uchun 30-50 million dollar ishlab topa olmaydi. U istasa jang qilsin, istasa tanaffus olsin, ammo u talab qilayotgan pulni biz bermaymiz. To'g'ri u UFC afsonalaridan biri, lekin afsonaman deb xohlaganini qilish ham yaxshi emas”, - dedi Uayt.
Eslatib o'tamiz, Jon Jons Dana Uaytni yolg'onchiga chiqargandi.
Havola :
Manba : championat.com
Fikrlar