27 may 19:35
Yangiliklar
Boks/MMA
“Barkamol avlod-2017”. Boks bahslarida poytaxtliklar g'olib
Jizzax shahrida “Barkamol avlod-2017” sport o'yinlarining Respublika final bosqichi yakunlandi.
“So'g'diyona” universal sport majmuasida boks bo'yicha final bahslari bo'lib o'tdi. Bellashuvlarda 16 nafar sportchi 49, 52, 56, 60, 64, 69, 75, 81 kilogramm vazn toifasida ringga ko'tarildi.
Musobaqa yakunida umumjamoa hisobida birinchi o'rinni Toshkent shahri jamoasi egalladi. Andijon viloyati bokschilari ikkinchi o'rinni band etishgan bo'lsa, kuchli uchlikka Buxoro viloyati jamoasi yakun yasadi.
Havola :
Manba : barkamol-avlod.uz
Fikrlar