So’nggi yangiliklar

13:46XX Осиё ўйинларида иштирок этадиган дзюдочиларимиз таркиби тасдиқланди 0 13:15Расман! Наманганда ўтказиладиган Octagon 92 турнирининг марказий жанги эълон қилинди (ВИДЕО) 0 12:44Одилхон Бухорода бўлиб ўтган ATFС 33 турнирида жанг қилди (ВИДЕО) 0 12:13Мануэль Нойер Германия футболчилари орасида рекорд ўрнатди 0 11:42Теренс Кроуфорд рингга қайтяптими? 0 11:11US Open 2026. Аёллар ўртасидаги турнирда финалчилар аниқланди 0 10:40Ислам Махачев: "UFC`дан қўнғироқ кутяпман" 0 10:09ЕЧЛ. "Шахтёр" ПСВ билан, "Фенербахче" эса "Рома" билан дуранг ўйнади + ВИДЕО 0 09:38Super Rizin 5 натижалари: Шайдуллаев Rizin ва PFL чемпионлик камарларини бирлаштирди 0 09:07Синдаров Непомняшийни мағлуб этди, Бибисарада ҳам ғалаба. Жамоа пешқадам! Бугун Жавоҳир - Магнус тўқнашуви бор! 0 08:36Бугун Hungary Grand Slam 2026 турнири бошланади. Биринчи кун уч дзюдочимиз татамига чиқади 0 08:05ЕЧЛ. "Манчестер Юнайтед" "Сабаҳ"ни тор-мор этди, Раҳмоналиев "Олд Траффорд"да ўйнади 0 07:34Юнон-рум курашчиларимиз Осиё ўйинларида оптимал таркибда қатнашишади 0 07:03UFC Қирғизистонда турнир ўтказишга қизиқяптими? 0 21:00Эркин курашчиларимизнинг Осиё ўйинлари учун таркиби маълум! Рўйхатда Разамбек борми? 0

23 fev 09:18
Yangiliklar

Bolalar sporti

“Barkamol avlod”: Voleybolda final bosqich g'olibi aniqlandi

Teglar :  Barkamol avlod
Xabaringiz bor, shu kunlarda “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichlari butun respublikamiz bo'ylab ko'tarinki ruhda tashkil etilmoqda.

Voleybol bo'yicha o'g'il bolalar o'rtasida tashkil etilgan akademik licey va professional talim muassasalari o'quvchi-yoshlari ishtirokidagi navbatdagi musobaqaga Toshkent shahri mezbonlik qildi.

Mazkur musobaqada hududiy saralash bosqichlarida g'alaba qozonib, respublika final bosqichiga yo'llanma olgan Samarqand, Buxoro, Sirdaryo va Farg'ona viloyatlari jamoalari g'oliblik uchun kurash olib borishdi.

Keskin qarama-qarshiliklar ostida kechgan musobaqa yakuniga ko'ra, Farg'ona viloyati vakillari chempionlikni tantana qilishdi. 2-o'rin Buxoro viloyati sportchilariga nasib etgan bo'lsa, 3-o'rinni Samarqand viloyati vakillari qo'lga kiritishdi.

Eslatib o'tamiz, voleybol bo'yicha qizlar o'rtasida Xorazmda tashkil etilgan musobaqalarda ham g'oliblik farg'onalik sportchi qizlarga nasib etgan edi.

Malumot uchun, “Barkamol avlod” sport musobaqalarining respublika final bosqichidan o'rin olgan navbatdagi musobaqa gandbol bo'yicha Andijon shahrida bo'lib o'tadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing