15 noy 19:08
Yangiliklar
Futbol
"Barsa" Gyundoganni kuzatmoqda
Kataloniya klubi "Manchester Siti" futbolchisi Ilkay Gyundoganni kuzatuvga olgani malum qilindi.
32 yoshli Germaniya terma jamoasi azosining hozirgi jamoasi bilan amaldagi bitimi ushbu mavsum oxirida yakuniga etishini hisobga olgan holda "ko'k-anorranglilar" futbolchiga jiddiy qiziqayotgani ochiqlandi.
O'yinchining o'zi "shaharliklar" tarkibini tark etishi yoki qolishi borasida aniq biror qarorga kelganicha yo'q. U joriy mavsumda ingliz klubi uchun Premer-ligada 12 o'yinda ishtirok etdi.
Jami 20 o'yinda maydonda harakatlangan Ilkay Gyundogan "Etixad" egalari uchun 2 ta gol urdi va yana shuncha golga assistentlik qildi.
Havola :
Manba : Sky Sports Germany
Fikrlar