04 apr 08:55
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Bastoni uchun 45 million taklif qildi, "Inter" esa ko'proq so'radi
"Barselona" yana bir bor Alessandro Bastonini tarkibiga qo'shib olishga urinib ko'rdi.
"Sport Mediaset" nashri malumotiga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" boshlang'ich summa sifatida 45 million evro taklif qilgan. Biroq "Inter"ga bu summa kamlik qilgan va transferdan eng kamida 60 million evro ishlab olishni reja qilishayotganini malum qilishgan.
"CHelsi" ham transfer uchun muzokaralarga kirishishga tayyor turibdi. CHunki futbolchining o'zi ham jamoadan ketishga qarshi emas. Agar Bastoni "Barselona"ga o'tadigan bo'lsa, u erda yiliga 7 million evro maosh oladi. Bu uning Milandagi maoshidan 2 baravar ko'p degani.

Havola :
Fikrlar