01 avg 13:06
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" dunyoning eng qashshoq davlatlarining biri bilan shartnoma imzoladi
Ispan klubi rahbarlari "ushbu Afrika davlatida madaniyat va sport innovaciyalarini ilgari surish"ga qaratilgan 44 yillik kelishuvga erishdi.
Malum qilinishicha, kataloniyalik mutaxassislar Kongoda sportni rivojlantirish uchun o'z ishlanmalari va uslublari bilan o'rtoqlashadi. Afrika davlatida bir vaqtning o'zida bir nechta sport turlari: futbol, basketbol, gandbol va boshqa ko'plab sport turlari bo'yicha yosh sportchilar uchun bir qator o'quv-mashg'ulot lagerlari bo'lib o'tadi.
Bundan tashqari, "Barselona"ning barcha professional jamoalarining mashg'ulot formalarida keyingi to'rt mavsum davomida – 2028/29-yilgi mavsum oxirigacha R.D. Congo – Cœur d’Afrique ("Kongo DR – Afrika yuragi") logotipi aks ettiriladi. Buning uchun Kongo DR hukumati shartnomaning butun muddati uchun 44 million evro to'laydi.
Havola :
Fikrlar