03 noy 15:25
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" ECHLda klub antirekordini o'rnatdi
Kataloniyaliklar bu turnirdagi yurishini butunlay to'xtatdilar.
CHempionlar Ligasi pley-off bosqichiga chiqish imkoniyatini yo'qotgan "Barselona" guruh bosqichini "Viktoriya" ustidan qozonilgan g'alaba (4:2) bilan yakunladi. "Ko'k-anorranglilar" uch ochko olishdi, ammo darvozasi daxlsizligini saqlab qola olishmadi.
Ular guruhning barcha o'yinlarida gol o'tkazib yuborishdi: "Bavariya" bilan o'yinlarda mag'lubiyat (0:2, 0:3), "Viktoriya" ustidan g'alaba (5:1, 4:2) va "Inter" bilan qarama qarshiliklar (0:1, 3:3).
"Barselona" birinchi marta CHempionlar Ligasi guruh bosqichidagi birorta o'yinni "quruq" o'tkazmadi.
Etiborlisi, "ko'k-anorranglilar" ayni damda Ispaniya chempionatida eng ishonchli himoyaga ega – 12 turda 4 ta gol o'tkazib yuborilgan.
Havola :
Fikrlar