08 dek 15:46
Yangiliklar
"Barselona" etakchisini "Manchester Siti"ga sotmaydi
Angliya klubining moliyaviy tomondan baquvvat ekanligi ularga har qanday murakkablikdagi bitimlarni tuzishga imkon beradi, ammo bu transfer hali ham erishib bo'lmaydigan darajada: "Barselona" ham, futbolchining o'zi ham bir necha bor "yo'q" degan.
"El Nacional" nashrining xabar berishicha, "Siti" yana 70 million evro taklif qildi va "Barselona"ning yangilangan sport tuzilmasi moliyaviy foyda olish uchun sotishni ko'rib chiqishiga umid qilmoqda. Ammo kataloniyaliklarning javobi o'zgarishsiz qolmoqda: de Yong sotilmaydi.
Takidlanishicha, futbolchining o'zi ham ketishni o'ylamaydi. De Yong uzoq vaqtdan beri "Barselona"da professional va shaxsiy jihatdan o'z o'rnini topgan va o'zini loyihaning muhim qismi deb biladi.

Fikrlar