23 dek 17:01
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" futbol olamidagi nufuzini qaytaradi" - Laporta
"Barselona" prezidenti Joan Laporta klub qiyin iqtisodiy vaziyatdan chiqib ketishga harakat qilayotgani haqida gapirdi.
"G'aznachilik juda og'ir ahvolda edi. Qarzni restrukturizaciya qilish uchun 600 million so'rashga majbur bo'ldik. Endi bizning qarzlarimiz nazorat ostida, kapital esa foydada, bu juda muhim. Biz ish haqi miqdorini to'g'rilaymiz. To'g'ri yo'ldamiz.
Yozda faollashtirilgan richag bizga yanada raqobatbardosh jamoa tuzishga yordam berdi. Biz futbol olamidagi obro' va nufuzimizni tiklayapmiz. Superliga borasida juda aniq poziciyamiz bor. Biz to'g'ri yo'ldamiz, lekin qilishimiz kerak bo'lgan hamma narsani qilganimiz yo'q", – dedi Laporta.
Havola :
Manba : Goal
Fikrlar