19 iyu 14:25
Yangiliklar
"Barselona" ish haqi xarajatlarini sezilarli darajada kamaytirdi
U maosh fondi bilan bog'liq muammo 2017/18 yilgi mavsumda yuzaga kelganini takidladi. Neymar 222 mln evro evaziga PSJga ketganidan keyin maosh fondi 600 mlndan pastga tushmagan, "ko'k-anorranglilar" daromadi har doim 70 foizdan oshib ketavergan. 2020/21 yilgi mavsumda maksimal 98% lik natijaga erishilgan.
Koronavirus pandemiyasi va tarkibni yangilash zarurati tufayli Joan Laporta boshchiligidagi direktorlar kengashi tejamkorlik choralarini qo'llashga majbur bo'ldi. Romeuning aytishicha, 2023/24 yilgi mavsumda uch yillik mashaqqatli mehnatdan so'ng klubning maosh fondini daromadning 60% ini tashkil etadigan tarixiy ko'rsatkichga tushdi va ko'rsatkich 492 mlnga etkazildi. Eng yuqori davrda xarajatlar taxminan 180 mlnga qisqardi.
Fikrlar