29 mar 16:45
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Levandovskiga maoshni qariyb 50 foizga kamaytirib, bir yillik shartnoma taklif qilmoqda
"Barselona" Robert Levandovskiga bir yillik shartnoma taklif qiladi va uning maoshini jiddiy darajada kamaytiradi, deb xabar beradi Diario Sport.
Manbaga ko'ra, klub futbolchining maoshini qariyb 50 foizga qisqartirishi mumkin, biroq u uchun beriladigan bonuslar sezilarli tarzda oshiriladi. Kataloniya klubi Levandovskidan javobni aprel oxiri yoki may boshida olishni kutmoqda.
Malumot uchun, Robert joriy mavsum La Ligada 24 ta o'yinda 11 ta gol urdi.

Havola :
Fikrlar