11 jan 17:17
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" Markus Tyuramni o'rganib chiqmoqda
Myonxengladbaxning "Borussiya" klubi futbolchisi Markus Tyuram faoliyatini Kataloniya klubida davom ettirishi mumkin.
Franciyalik futbolchining nemis klubi bilan amaldagi shartnomasi ushbu mavsum so'ngida yakun topishi tufayli u yozgi transferlar oynasi oldidan uni o'z safida ko'rishni istaydigan klublar bilan gaplashib ko'rishga tayyor. "Ko'k-anorranglilar" esa moliyaviy holatlari tufayli ayni shunday vaziyatda bo'lgan futbolchilarga etibor qaratmoqda.
Klubning skautlar bo'limi tomonidan rahbariyatga Franciya terma jamoasi vakili haqida ijobiy hisobot berilgani aytilmoqda.
Markus Tyuram joriy mavsum Bundesligada 15 ta o'yinda 10 ta va Germaniya Kubogi doirasida 2 ta o'yinda 3 ta gol urishga muvaffaq bo'ldi.
Havola :
Manba : Mundo Deportivo
Fikrlar