27 jan 14:29
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" osiyolik futbolchini tekinga qo'lga kiritmoqchi
Ispaniyaning "Barselona" klubi "Ayntraxt" hujumchisi Daichi Kamadani o'z safida ko'rmoqchi.
Mundo Deportivo malumotiga ko'ra, Kataloniya klubi 26 yoshli hujumkor yarim himoyachini 2023 yil yozida bepul qo'lga kiritmoqchi. Yaponiyalik futbolchining "Ayntraxt" bilan shartnomasi aynan yozda tugaydi. "Barselona" yarim himoyachi borasida so'rov yubordi.
Germaniyada Kamada yozda aniq "Ayntraxt"dan ketadi deb hisoblashmoqda. Bu mavsum Daichi "Ayntraxt" safida barcha musobaqalarda 12 ta gol urdi va 3 ta golli pas berdi.
Havola :
Fikrlar