24 apr 10:45
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" prezidenti "Real"ga qarshi o'yinni takror o'tkazishni talab qilmoqchi
Klub rahbari Ispaniya futbol federaciyasidan Yamalning hisoblanmagan goliga oid lavha va audioyozuvlarni so'ragan.
"Santyago Bernabeu"dagi "El Klassiko"da bahslarga sabab bo'lgan mag'lubiyatdan so'ng "Barselona" prezidenti Joan Laporta Lamin Yamalning raqib darvozasiga tepgan to'pi gol sifatida inobatga olinmaganidan noroziligini bildirgan.
Laporta Hakamlar texnik qo'mitasi va Ispaniya futbol federaciyasidan tegishli tasvirlar va audioyozuvlarni so'ragan.
SHuningdek, u o'z bayonotida golning haqqoniy ekanligi aniqlansa, "Barselona" qonuniy choralar ko'rishdan tortinmasligini va hatto o'yinni qayta o'tkazilishini talab qilishi mumkinligini aytdi.
Havola :
Manba : twitter.com/FCBarcelona
Fikrlar