27 avg 07:42
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" tezroq qutilishni xohlayotgan futbolchi Kataloniya klubida 10 raqamda o'ynaydi
"Barselona" Ansu Fatining avvalgi raqamini olib qo'ymaydigan bo'ldi.
Malumotlarga ko'ra, "Brayton"dagi ijarasidan qaytgan vinger Kataloniya klubida 10 raqam ostida o'ynashda davom etadi.
"Blaugrana" 21 yoshli futbolchini 12 avgust kuni ro'yxatdan o'tkazgan, ammo o'shanda uning raqami ko'rsatilmagan edi. Endi chempionat saytida Fati 10 raqam bilan ro'yxatdan o'tgani ko'rinib turibdi.
Ansu 2021 yil Lionel Messi "Barselona"ni tark etganidan so'ng bu raqamni olgan edi. Oldinroq, Kataloniya klubi moliyaviy holatni yaxshilash uchun Ansu Fatini tezroq sotib yuborishga harakat qilayotgani haqida xabarlar paydo bo'lgan edi.
Havola :
Fikrlar