09 avg 09:48
Yangiliklar
Futbol

"Barselona" va Mark-Andre ter Stegen o'zaro kelishuvga erishdi
Bir necha kundan beri "Barselona" va Mark-Andre ter Stegen o'rtasida davom etib kelgan nizo yakuniga etdi.
Rasman "Barselona" germaniyalik darvozabonga sardorlik bog'ichini qaytarib berdi. 33 yoshli futbolchi esa Kataloniya klubining tibbiy xodimlari uchun La Ligaga bayonot berish vakolatiga ega bo'luvchi xujjatga imzo chekdi. SHu tariqa, tomonlar o'zaro kelishuvga erishdiklar.
Endi "Barselona" jamoaga yangi kelib qo'shilgan darvozabon Joan Garsiyani La Liga ro'yxatidan o'tkazish huquqiga ega bo'ldi.
Havola :
Fikrlar