23 apr 18:32
Yangiliklar
Futbol
"Barselona" yarim himoyachisi mavsum oxirigacha safdan chiqdi
Futbolchi jarohat orttirib oldi.
"Barselona" yarim himoyachisi Frenki de Yong mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi, deb xabar bermoqda Sport.es.
Futbolchi Ispaniya chempionatining 32-turidan o'rin olgan "Real"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi.
Niderlandiyalik futbolchining to'pig'i shikastlangani aniqlangan. Uning tiklanishi uchun taxminan 5 hafta kerak bo'ladi.
26 yoshli yarim himoyachi ushbu mavsum boshqa maydonga tushmaydi. SHu bilan birga, u Evropa chempionatigacha tiklanish imkoniyatiga ega.
Havola :
Manba : Sport.es
Fikrlar