02 jan 12:36
Yangiliklar
Futbol
"Barselona"da ikki kun bor
"Barselona" Dani Olmo va Pau Viktorni ro'yxatdan o'tkazishi uchun yana ikki kun imkoniyati bor.
Xabarlarga qaraganda, shu ikki kun ichida kataloniyaliklar muammoni hal eta olsa, futbolchilarni jamoada saqlab qolishi mumkin. Aks holda, har ikki futbolchi jamoani erkin agent sifatida tark etish imkoniyatiga ega bo'ladi.
EFE nashrining xabar berishicha, Ispaniya futbol federaciyasi bu muammoni hal qilish imkoniyatiga ega. Agar RFEF ushbu vaziyatga aralashsa, muammo tezda hal bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, La Liga Kataloniya klubiga Dani Olmo va Pau Viktorlarni ro'yxatdan o'tkazish uchun ikki marta ham rad javobini berdi. Olmoga "Manchester Yunayted", "Manchester Siti" va "Arsenal" jamoalari qiziqish bildirmoqda.
Havola :
Fikrlar