19 fev 15:09
Yangiliklar
Futbol

"Barselona"dan qarzdorman". Lamin Yamal shartnomani ehtimoliy uzaytirish haqida
"Barselona" vingeri Lamin Yamal klubi bilan shartnomani uzaytirish ehtimoli haqida gapirdi.
"Hech kim "Barselona"ning qanchalik katta muxlisi ekanligim va qanchalik ushbu klubda qolishni xohlashimga shubha qilmasa kerak. Agar ikki tomon nimadir ro'y berishini xohlasa, bu ro'y beradi. Barchasi uchun "Barselona"dan qarzdorman", — dedi Yamal.
Lamin joriy mavsum barcha musobaqalarda 32 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol va 15 ta assist qayd etdi. O'yinchining klub bilan amaldagi mehnat bitimi 2026 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.
Havola :
Fikrlar