15 mar 16:28
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" "Barselona" himoyachisini 100 mln evroga sotib olmoqchi
"Bavariya" klubi "Barselona" himoyachisi Ronald Arauxoni 100 million evroga sotib olmoqchi.
Bu haqda Mundo Deportivo nashri xabar berdi. Urugvaylik himoyachi Myunxen klubi uchun asosiy transfer nishoni bo'lib turibdi. "Bavariya"ning Ronaldni xarid qilishga pul topish uchun bir qator futbolchilarini sotishi kerak bo'ladi.
Arauxo "Barselona" klubi tizimida 2018 yildan buyon o'ynamoqda. Bu mavsumda futbolchi kataloniyaliklar safida barcha musobaqalarda 30 ta o'yinda maydonga tushdi va 1 ta gol urdi. Futbolchining klub bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning iyun oyi oxiriga qadar tuzilgan.
Transfermarkt portali Arauxoni 70 million evroga baholamoqda.
Havola :
Fikrlar