19 apr 11:57
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" futbolchisi jarohat sabab uzoq muddat maydondan chetda qoladi
Myunxenning "Bavariya" klubi qanot hujumchisi Serj Gnabri oyog'idan jiddiy jarohat oldi.
Serj Gnabri "Bavariya"ga uzoq muddat yordam bera olmaydi. Qanot hujumchisi oyoq o'ng sonidagi mushaklari uzib olgan. Bu klub tibbiy xizmati o'tkazgan tekshiruv natijalaridan malum bo'ldi", — deyiladi "Bavariya"ning rasmiy saytida.
Eslatib o'tamiz, 10 kundan keyin "Bavariya" CHempionlar ligasi yarim finalida PSJ bilan o'ynaydi. Joriy mavsumda 30 yoshli hujumchi klub safida barcha turnirlarda 37 o'yin o'tkazib, 10 ta gol urdi va 11 ta golli uzatma berdi. Futbolchining amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha tuzilgan.
Transfermarkt bahosiga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 20 million evroni tashkil qilmoqda.

Havola :
Fikrlar