10 dek 17:01
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" ikki yo'qotish haqida elon qildi
"Bavariya"ning ikki futbolchisi Germaniya chempionati doirasidagi "Xaydenxaym"ga qarshi o'yinidan so'ng jarohatlanganlar safini to'ldirdi.
Himoyachi Alfonso Devis va vinger Kingsli Komanning soni shikastlangan. Ularning tiklanish sanasi elon qilinmagan.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" o'z maydonida "Xaydenxaym"ni 4:2 hisobida mag'lub etgandi. Myunxenliklar navbatdagi uchrashuvini 10 dekabr, seshanba kuni CHempionlar Ligasi doirasida Ukrainaning "SHaxtyor" jamoasiga qarshi olib boradi.
Havola :
Manba : fcbayern.com
Fikrlar