11 apr 17:41
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya”, "Liverpul” va "Arsenal" Gordon uchun davogarlik qilmoqda
"Bavariya" "Nyukasl" hujumchisi Entoni Gordon bilan shartnoma imzolashga qiziqish bildirmoqda.
Manba malumotlariga ko'ra, nemis klubi 25 yoshli futbolchining vakillari bilan allaqachon bog'lanib bo'lgan. Qayd etilishicha, futbolchiga "Liverpul” va "Arsenal" ham qiziqish bildirmoqda. "Nyukasl" Gordonning ehtimoliy savdosidan taxminan 90-100 million evro daromad olmoqchi.
Gordon 2023 yildan beri "Nyukasl" safida o'ynamoqda. Futbolchi 2025/26 yilgi mavsum barcha musobaqalarda 45 ta o'yin o'tkazib, 17 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, hujumchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil etadi.

Havola :
Fikrlar