08 apr 17:33
Yangiliklar
Futbol
"Bavariya" Tuxelni ishdan bo'shatmoqchi
"Arsenal"ga qarshi o'yin myunxenliklar bosh murabbiyi uchun oxirgisi bo'lishi mumkin.
Myunxenning "Bavariya" klubi bosh murabbiy Tomas Tuxel bilan hamkorlikni tugatishga tayyor, deya xabar bermoqda Germaniyaning "Sport1" telekanali.
Xabar qilinishicha, CHempionlar Ligasi doirasida Angliyaning "Arsenal" jamoasiga qarshi bahs hal qiluvchi ahamiyatga ega. Myunxen klubi mag'lubiyatga uchrasa, mavsum yakunini kutmasdan, darhol Tuxel bilan xayrlashadi. Bunda bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi vazifasini jamoa sobiq hujumchisi Miroslav Kloze bajaradi, unga German Gerland yordam beradi.
Eslatib o'tamiz, "Bavariya" "Xaydenxaym"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng Bundesliga chempionligini qo'lga kiritish imkoniyatini amalda yo'qotdi.
Havola :
Fikrlar