02 avg 19:41
Yangiliklar
Futbol

"Bavariya" uchinchi libosini taqdim etdi – unda 1920 yillardagi logotip tasvirlangan (FOTO)
Germaniya klubi Evropa CHempionlar ligasiga mo'ljallangan qora rangli uchinchi formasini taqdim etdi.
Futbolka qora rangda bo'lib, katak naqshlar bilan bezatilgan. Eng uchi va yoqalarida qizil naqsh hamda yashil qo'shimchalar mavjud.
Forma dizayni "Bavariya" muxlislari g'alabalarni nishonlash uchun to'planadigan Myunxendagi mashhur Marienplac maydoniga bag'ishlangan.
CHempionlar Ligasi formasida "Bavariya"ning 1920 yillardagi retro logotipi qo'llanilgan. Myunxenliklarning texnik homiysi Adidas kompaniyasi hisoblanadi.
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar