31 avg 07:27
Yangiliklar
![](/upload/storage/83294_220.jpg)
Bektemir Meliqo'ziev AQSHda ikkinchi jangini o'tkazdi
CHarm qo'lqop ustamiz AQSHning Kaliforniya shtati Pasadena shahridagi Pasadena City Hall arenasida davom etayotgan boks kechasi doirasidagi jangda meksikalik Rikardo Adrian Luna Floresga qarshi ringga ko'tarildi.
Sakkiz raundga mo'ljallangan jang muddatidan ancha oldin tugadi. Bektemir tajribali raqibini birinchi raundning o'zidayoq nokautga uchratdi. Referi Jek Reyss jangni to'xtatishga majbur bo'ldi.
Malumot uchun, Rikardo Flores prof ringda bugungisi bilan qo'shib hisoblaganda 30 ta jang o'tkazgan. Hisobida 22 ta g'alaba va 14 ta nokaut bor. Bugun u ettinchi mag'lubiyatidagi uchinchi nokautini qabul qilib oldi. Bitta jang durang bilan yakunlangan.
Bektemir Meliqo'ziev esa bugun prof ringdagi ikkinchi g'alabasiga erishdi. Hamyurtimiz debyut jangini 13 iyun kuni o'tkazgan va o'shanda ham birinchi raundda argentinalik Martin Riosni nokautga uchratgan edi.
Fikrlar