29 iyu 12:24
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev AQSHga etib bordi + FOTO
Bokschimiz Bektemir Meliqo'ziev o'zining navbatdagi jangini o'tkazish uchun okeanortiga jo'nab ketgandi.
Biroz avval bokschimiz AQSHga etib bordi. Bu haqida SHahram G'iyosov Instagramdagi sahifasida malum qildi.
"SHahram Robinzonga o'xshab qoldi deyishayotgandi. Mana, oldimga Jumavoy ham etib keldi", - deb hazillashdi G'iyosov xursandchilikdan.
Darhaqiqat, karantin elon qilinganidan so'ng SHahram G'iyosov AQSHda bir o'zi qolib ketgandi va uzoq vaqtdan buyon o'sha erning o'zida mashg'ulotlar o'tkazayotgandi. Endi bokschilarimiz birgalikda shug'ullanishadi.
Bektemir Meliqo'zievning navbatdagi jangi haqida aniq malumotlar yo'q. Biroq, bir necha kun oldin bokschimiz bilan suhbatlashganimizda u kelasi oy oxirlarida ringga chiqishi mumkinligi haqida gapirgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar