14 dek 08:29
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev ishtirokidagi jang to'liq davom etdi
Havaskor boksda Rio Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'ziev bugun prof boksda navbatdagi jangini o'tkazdi.
Kaliforniyadagi "Fantasy Springs Casino" arenasida tashkil etilgan mazkur jangda hamyurtimizga amerikalik Vaugin Aleksander raqiblik qildi. Hamyurtimiz jangning asosiy qismida tashabbusga ega bo'ldi. Ammo raqib ham anoyilardan emasdi. 10 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etdi. G'olib ochkolar hisobiga ko'ra aniqlandi. Jang yakuniga ko'ra hakamlar bir ovozdan Bektemirning 100:90, 100:90, 100:90 hisoblaridagi g'alabasini qayd etishdi.
SHu tariqa, Meliqo'ziev professional boksdagi 4-jangida o'zining 4-g'alabasini qo'lga kiritdi. U bundan oldingi uchta jangida nokaut evaziga raqiblarini taslim etgan.
Mazkur g'alaba orqali Bektemir "WBA Continental Americas" kamari sohibiga aylandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar