27 sen 11:47
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'ziev kamar uchun jang qiladi
Olimpiada va jahon chempionati finalchisi Bektemir Meliqo'ziev professional boksdagi uchinchi jangini qachon o'tkazishi malum bo'ldi.
Bokschi www.olamsport.com sayti bilan suhbatda 26 noyabr kuni AQSHda jang qilishini aytib o'tdi. Uning malum qilishicha, bahs 10 raunddan iborat bo'ladi va WBA Intercontinental kamari uchun tashkil etiladi. Hozircha ushbu jangda Bektemirga kim raqiblik qilishi aniq emas.
Meliqo'ziev ayni paytda O'zbekistonda va bir necha kundan so'ng okeanortiga jo'nab ketadi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar