01 noy 14:02
Yangiliklar
Bektemir Meliqo'ziev Las-Vegasda ochiq mashg'ulot o'tkazdi, u Saul Alvares bilan bir oqshomda ringga ko'tariladi + FOTO
Avvalroq, bokschi 26 noyabr kuni ringga ko'tarilishi haqida xabar qilgandik. Ammo, sportchimizning rejalariga o'zgarish kiritilgan va u prof ringdagi uchinchi jangini 2 noyabr kuni Las-Vegasda o'tkazadigan bo'ldi.
O'sha kuni Bektemir amerikalik Kley Kollardga qarshi ringga ko'tariladi. Malumot uchun, Kollard shu kungacha prof ringda 8 ta jang o'tkazib, ularning 4 tasida g'alaba qozongan (1 ta nokaut). 1 marotaba mag'lub bo'lgan va 3 ta durang qayd etgan. Bektemir esa prof ringda ikkita jang o'tkazib, ularning har ikkisida ham raqiblarini nokaut evaziga mag'lubiyatga uchratgan.
U kecha mazkur jang oldidan ochiq mashg'ulot o'tkazishga ham ulgurdi.
Qayd etish lozimki, Bektemir jang qiladigan oqshomning markaziy jangida meksikalik Saul Alvares rossiyalik Sergey Kovalyovga qarshi ringga ko'tariladi.
Qo'shimcha sifatida shuni malum qilish mumkinki, 26 noyabr kuni Bektemir WBA Intercontinental kamari uchun jang qiladi.
Fikrlar