13 dek 13:20
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev tarozidan o'tdi, ertaga kamar uchun jang + FOTO
Rio Olimpiadasi sovrindori, bugungi kunda prof boksda faoliyat olib borayotgan Bektemir Meliqo'ziev bizning vaqt bilan ertaga tongda navbatdagi jangini o'tkazadi.
Kaliforniyadagi "Fantasy Springs Casino" arenasida tashkil etiladigan jang oqshomida hamyurtimiz amerikalik Vaugin Aleksanderga qarshi 10 raundlik bahsda ringga ko'tariladi. To'qnashuv ayni paytda vakant bo'lib turgan "WBA Continental Americas" kamari uchun tashkil etiladi.
Bugun bokschilar jang oldidan tarozidan o'tishdi. Unga ko'ra Bektemir 75,74 kg, raqib esa 75,29 kg tosh bosdi.
Eslatib o'tamiz, jang O'zbekiston vaqti bilan ertaga tongda o'tkaziladi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar