17 dek 10:45
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev WBA kamari bilan AQSHdan qaytmoqda + FOTO
Havaskor boksda Rio Olimpiadasi va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'ziev ertaga tongda Toshkentga qaytmoqda.
Bektemir joy olgan samolyot soat 07:40da Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga kelib qo'nadi. Meliqo'ziev Yangi yilni O'zbekistonda kutib olganidan so'ng yana okean ortiga jo'nab ketadi.
Eslatib o'tamiz, charm qo'lqop ustamiz bir necha kun avval Kaliforniyadagi “Fantasy Springs Casino” arenasida amerikalik Vaugin Aleksanderni ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etib, WBA Continental Americas chempionlik kamari sohibiga aylangan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar