09 dek 13:52
Yangiliklar
Boks/MMA

Bektemir Meliqo'ziev yopiq mashg'ulotlarni yakunladi
Xabaringiz bor, 13 dekabr kuni (bizning vaqt bilan 14 dekabr tongida) Bektemir Meliqo'ziev navbatdagi jangini o'tkazadi.
O'sha kuni hamyurtimizga amerikalik Vaugin Aleksander raqiblik qiladi.
Bektemir mazkur jang uchun yopiq tayyorgarlikni yakunlaganini malum qildi.
"Yopiq mashg'ulot lageri yakunlandi, meksikalik do'stlarim bilan yaxshi mehnat qildik. Buning uchun rahmat. 13 dekabr kuni "Fantasy Springs"da ko'rishamiz. Haqiqiy jangda ishtirok etishni sabrsizlik bilan kutyapman", - deb xabar qoldirdi Bektemir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar