26 avg 08:33
Yangiliklar
Boks/MMA
Bektemir Meliqo'zievning 30 avgust kungi jangdagi raqibi malum bo'ldi
Olimpiya o'yinlari va jahon chempionati sovrindori Bektemir Meliqo'ziev prof ringdagi ikkinchi jangini 30 avgust kuni AQSHning Kaliforniya shtatida o'tkazadi.
Mazkur jangda bokschimizga kim raqiblik qilishi malum bo'ldi. Unga ko'ra, Bektemir Meliqo'ziev meksikalik Rikardo Adrian Luna Floresga qarshi ringga ko'tariladi.
Bu bokschi prof ringda 29 ta jang o'tkazgan. Hisobida 22 ta g'alaba va 14 ta nokaut bor. Oltita jangda mag'lubiyatga uchragan, shundan ikkitasi nokaut bilan. Yana bir jang durang bilan yakunlangan.
Eslatib o'tamiz, Bektemir Meliqo'ziev prof ringdagi debyut jangini 13 iyun kuni o'tkazgan va o'shanda argentinalik Martin Riosni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar