20 fev 11:54
Yangiliklar
Futbol

Bellingemga qizil bergan hakam besh yilgacha futboldan chetlatilishi mumkin
Ispaniya qirollik futbol federaciyasi (RFEF) "Real" va "Osasuna" o'rtasidagi bahsni (1:1) boshqargan hakamga qarshi tergov boshladi.
La Liganing 24-turidan o'rin olgan o'yinda Xose Munuera Montero 40-daqiqada madridliklar yarim himoyachisi Jud Bellingemga qizil kartochka ko'rsatgan, ikkinchi bo'limda esa Pamplona klubi foydasiga penalti belgilagandi.
ASʼning yozishicha, RFEF Monteroning notijoriy faoliyatini rasman tekshirishni boshladi.
Gap shundaki, hakam Tashkilot konsalting va sport boshqaruviga ixtisoslashgan «Talentus Sportss» firmasi asoschisi hisoblanadi. Uning mijozlari ro'yxatida «Atletiko», «Manchester Siti», «Aston Villa» va PSJ kabi jamoalar bor.
Agar qandaydir noqonuniy holatlar aniqlansa, hakam 100 ming evrogacha jarimaga tortilishi yoki 5 yilgacha diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Havola :
Fikrlar