25 avg 14:05
Yangiliklar
Futbol

Belotti "Roma"ga o'tishga juda yaqin
Italiya termasi hujumchisi Andrea Belotti faoliyatini "Roma"da davom ettiradi.
Jurnalist Fabricio Romanoning yozishicha, Rim klubi futbolchi bilan shaxsiy shartnoma borasida kelishib olgan. Forvard yangi jamoasiga erkin agent sifatida o'tadi.
28 yoshli Belotti bunga qadar "Albinoleffe", "Palermo" va "Torino" kabi jamoalar tarkibida o'ynagan. Italiya termasida u 44 o'yinda qatnashib, 12 gol urgan.
Havola :
Fikrlar