04 avg 12:40
Yangiliklar
Boks/MMA

Benua Sen-Deni o'z uyidagi UFC turnirida jang qiladi
SHu yilning 6 sentyabr kuni Parij shahrida (Franciya) aralash yakka kurashlar bo'yicha UFC Fight Night turniri o'tkaziladi.
Musobaqa doirasida tashkil etiladigan navbatdagi jang malum bo'ldi.
Unga ko'ra, engil vazn toifasida faoliyat olib boruvchi franciyalik aralash yakka kurash ustasi Benua Sen-Deni turnirda Braziliya vakili Maurisio Ruffi bilan to'qnash keladi.
Malumot uchun, Sen-Deni faoliyati davomida 17 ta jang o'tkazib, 14 ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat qayd etgan. Ruffi hisobida esa 12 ta g'alaba va 1 ta mag'lubiyat bor.
Havola :
Manba : MMA Fighting
Fikrlar