18 okt 17:09
Yangiliklar
Benzema: "Oltin to'p"ni qarshimda ko'rganimdan faxrlanaman"
"Bolaligimdan bosib o'tgan yo'llarimni yaxshi eslayman. Ko'z o'ngimda ikkita misol bor edi: Zizu va Ronaldo. Qarshimda mana shu "Oltin to'p"ni ko'rganimdan faxrlanaman. Ronaldo mening kumirim ekanligini biladi. Men uchun unga o'xshagan boshqa hujumchi yo'q. Uning maydonda qilgan ishini takrorlab bo'lmaydi. U tarixda yagona, u bilan bir jamoada o'ynab, bir og'iz so'z aytmay, zaxira o'rindig'ida o'tirishga tayyor edim.
"Real" va terma jamoadagi o'rtoqlarimga rahmat aytaman. "Real"ning buyuk prezidenti Florentino Peresga tashakkur, u oilamiz azosidek bo'lib qolgan. Qachondir u shartnoma imzolash uchun uyimga kelgan. "Lion" akademiyasini ham unutmayman.
Oilamga rahmat aytaman, chunki ahil va hamisha birgamiz. Bu xalqning "Oltin to'p"i. Menimcha, yosh degan narsa aslida yo'q. O'ttiz yildan keyin ko'pchilik o'z darajasini oshiradi. Bu – oldiga maqsad qo'yish, mehnat. Men juda ko'p mashq qilaman, o'zimga o'zim taslim bo'lmaslikni aytaman", – dedi Benzema.
Fikrlar