19 okt 09:33
Yangiliklar
Beterbiev - Gvozdik. Birlashtiruvchi chempionlik jangi 10-raund tugashiga 10 soniya qolganida to'xtatildi
Liacouras Center arenasida o'tgan boks oqshomining markaziy jangida yarim og'ir vazn toifasida IBF kamari sohibi Artur Beterbiev WVC chempioni, ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga ko'tarildi.
Birlashtiruvchi chempionlik jangi 10-raund yakunlanishiga 10 soniya qolgan bir paytda to'xtatildi. Referi Gvozdikning uchinchi nokdaunidan so'ng jangni to'xtatishga majbur bo'ldi. Beterbiev shu tariqa ikkita chempionlik kamarini o'zida birlashtirib oldi.
Eslatib o'tamiz, Beterbiev - Gvozdik jangidan oldin mag'lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan yurtdoshimiz Qudratillo Abduqahhorov amerikalik mashhur bokschi Luis Kollaconi ochkolar hisobiga ko'ra mag'lub etishning uddasidan chiqqandi.
Fikrlar