09 avg 17:17
Yangiliklar
Boks/MMA
![](/upload/storage/80334_220.jpg)
Beterbiev - Gvozdik birlashtiruvchi chempionlik jangining manzili elon qilindi
Avval xabar berganimizdek, professional boksning yarim og'ir vazn toifasida birlashtiruvchi chempionlik jangi o'tkaziladi.
Unda IBF chempioni, rossiyalik Artur Beterbiev WBC yo'nalishi chempioni, ukrainalik Aleksandr Gvozdikka qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu jangning 18 oktyabr kuni o'tkazilishi elon qilingandi. Bugun jang tashkilotchilari manzilni ham oshkor qilishdi.
Unga ko'ra, birlashtiruvchi chempionlik jangi AQSHning Filadelfiya shahrida bo'lib o'tadi. Bu malumotni bokschilarning promouteri Bob Arum tasdiqladi. Gvozdik o'zining so'nggi chempionlik himoya jangini aynan Filadelfiyada o'tkazgan edi.
Havola :
Fikrlar