03 iyu 11:31
Yangiliklar

Beyder Jonsga "Bellator"ga o'tishni va revansh jangini taklif qildi
Xabaringiz bor, Jons o'tgan haftaning so'nggi kunlari UFC prezidenti Dena Uayt bilan gap talashib qolgan va "jang" seriyaga aylanib ketgandi. Yakunda Jon Denaga chempionlik kamaridan voz kechib, UFCni tark etishi bilan tahdid qilgan edi. Beyder Jonsni Bellator promousheniga taklif qildi.
"O'zing uchun nimani to'g'ri va yaxshi deb bilsang, shuni qilishing kerak. Har doim variantlar bo'lgan. Ishonchim komil, Bellator rahbari bizning jangimizni tashkil qilib beradi. Rozi bo'lsang, revansh jangini muxlislarga taqdim etardik", — deya "Tvitter"da murojaat qoldirgan Beyder.
Eslatib o'tamiz, Jons va Beyder 2011 yilning fevral oyida UFC 126 turniri doirasida o'zaro to'qnash kelishgan va o'shanda Jon raqibini muddatidan avval og'ritish usuli bilan mag'lub etgan edi.
Fikrlar