So’nggi yangiliklar

20:45Бутунжаҳон шахмат Олимпиадасида 6-турида асосий рақиблардан бири мағлуб этилди ва бошқа натижалар 1 18:18Осиё ўйинлари. Мусобақанинг учинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0 18:02Месси "жарималар қироли" бўлишига уч қадам қолди 0 17:30Осиё ўйинларининг иккинчи кунида битта олтин ва битта бронза! 0 13:37Шахматчиларимизнинг олтинчи раунддаги рақиблари анчайин жиддий! 0 12:31Маҳмуд Мурадов Роман Долидзедан учралган мағлубиятни изоҳлади (ВИДЕО) 0 11:11Швейцария. Беҳруз Каримов голли пас берди, "Лугано" йирик ғалабани тантана қилди 0 10:47Осиё ўйинларида иштирок этувчи теннисчиларимиз орасида Камилла, Мария ва Полина йўқ! Нега? 0 09:43Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: 6-тур жуфтликлари билан танишинг 0 08:54Чирчиқда ўзбек жанг санъати бўйича Ўзбекистон кубоги ўтказилди + ФОТОГАЛЕРЕЯ 0 08:21ХХ Осиё ўйинлари. Икки ММАчимиз финалда! 0 07:34XX Осиё ўйинлари. Биринчи кундан кейин Хитой яққол пешқадам, Қозоғистон илк кундаёқ 6 та медаль қўлга киритди 0 07:03"11 киши 9 кишига қарши ўйнаганини тасаввур қилиб кўринг". Моуринью — "Реал"нинг "Атлетико"га қарши ўйини ҳақида 0 20:50Бутунжаҳон шахмат Олимпиадаси: Венгрия йирик ҳисобда мағлуб этилди, қизларимиз АҚШ билан муҳим дуранг қайд этишди 0 20:45Осиё ўйинлари. Мусобақанинг иккинчи кунида иштирок этадиган ўзбекистонлик спортчилар рўйхати маълум бўлди 0

14 fev 09:14
Yangiliklar

Boks/MMA

Bilasizmi? AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp UFC tashkil etilishida yordamlashgan yoxud 20 yillik ulfatlar qissasi

UFC prezidenti Dana Uayt siyosat haqida gapirishdan cho'chimaydi.

U konservativ qadriyatlarga amal qiladi hamda Donald Trampni qo'llab-quvvatlaydi. 

Bu qanday sodir bo'ldi? 

“Maxfiy kuchlar Trampga qarshi kurashmoqda”. Uayt uzoq vaqtdan beri AQSHning sobiq prezidenti bilan do'st hisoblanadi va saylov kampaniyasida yordam berib keladi. Dana ko'pincha Amerikaning ichki muammolari haqida gapiradi va hozirgi hukumatni ochiqdan-ochiq tanqid qiladi. U Respublikachilar partiyasining doimiy donori sanaladi. Open Secrets portaliga ko'ra, so'nggi ikki yil ichida u konservativ qarashdagi siyosatchilarni qo'llash uchun 50 ming dollardan ortiq mablag' sarflagan. UFC rahbaridan moliyaviy yordam olgan shaxslar orasida Florida gubernatori De Santis, kongressmen Aleks Muni va Gavayi shtatida siyosiy martaba qurishga urinayotgan sobiq UFC jangchisi B.J.Penn ham bor. 

Uayt 2019 yilda o'zining eng katta xayr-ehsonini amalga oshirgan, u uzoq yillardan buyon do'sti bo'lmish Trampga 1 million dollar bergan. Ular 2001 yilda, Dana UFC’ga qo'shilganidan ko'p o'tmay ilk bor uchrashishgan. O'sha paytda Atletika komissiyalari MMA’ni tan olmasdi va musobaqalar o'tkazishga ruxsat bermagan. Uaytning so'zlariga ko'ra, aynan Donald UFC kelajagiga ishongan holda unga yordam bergan. “Biz UFC’ni sotib olayotganimizda, joy masalasida qiyinchiliklarga duch keldik – arenalar egalari biz bilan hamkorlik qilishni istamasdi. Biroq endi tashriflar bo'yicha rekordlarni yangilab kelyapmiz. O'sha paytda Tramp bizga ishondi. U UFC’ni o'z qanoti ostiga oldi hamda biz bilan yaxshi kelishuvga erishdi. Keyinchalik uning kazinosida turnirlar o'tkazdik. Men Donald haqida hech qachon yomon gap aytmayman”, deydi UFC prezidenti. 

Trampning 2017 yilda AQSH Prezidenti bo'lishi ularning muloqotiga xalal qilmadi. Ulfatlar hamkorlikni davom ettirdilar. Koronavirus pandemiyasi avjiga chiqqan paytda u Uaytni iqtisodiy maslahatchilar guruhiga qo'shilishga taklif qildi. U erda boshqa sport amaldorlari, jumladan, NBA komissari Adam Silver, NHL boshlig'i Gari Betmann va WWE egasi Vins MakMaxon ham faoliyat yuritgan. 

Tramp tez-tez reklama tadbirlarida qatnashadi, yaqinda Leon Edvards va Kolbi Kovington o'rtasidagi chempionlik jangi bo'lgan UFC 296 turnirida ham ko'rinish berdi. SHubhasiz, sobiq prezidentning bu kabi turnirlarda ishtirok etishi janglarni ommalashtirishga yordam berdi. 

“Tramp saylovda yana g'alaba qozonishiga ishonaman. Odamlar ilgari unga shubha qilishgan, ammo baribir u prezident bo'lgandi. O'ylaymanki, bu safar ham u muvaffaqiyatga erishadi. Yashirin kuchlar Donald bilan kurashishga harakat qilmoqda. Ular uni to'xtatish uchun hamma narsani qilib ko'rishyapti. Ammo mamlakatning aksariyati Trampning AQSH prezidenti bo'lishini istamoqda”, deya saylov haqida o'z fikrlarini bildirgan Dana Uayt. 

Dana rossiyalik jangchilarni va g'azablangan faollarni chetlashtirishdan bosh tortdi. U o'zini so'z erkinligining murosasiz tarafdori deb biladi va senzurani xush ko'rmaydi. SHuningdek, UFC jangchilariga har qanday mavzuda gapirishga ruxsat beradi, lekin ushbu holat ko'pincha janjallarga olib keladi. Yaqinda faollar bir vaqtning o'zida bir nechta ozchilik guruhni tanqid qilgan sobiq chempion SHon Striklendning bayonotlarini qoraladi. Uayt esa SHonni qo'llab-quvvatladi hamda unga cheklov qo'yish niyati yo'q ekanligini aytib o'tdi. 

“Striklend ko'p narsalarni gapirdi. Men bu yigitning 95% gapiga qo'shilmayman, biroq bu uning huquqi. Agar sizga yoqmasa, shanba kuni televizorni yoqing, u erda uning yuziga musht tushadi. SHonni yoqtirmasangiz, uning kaltaklanishini tomosha qiling, tamom. Buni jiddiy qabul qilmang”, deb holatga izoh berdi UFC rahbari.

Uayt Ukrainada jangovar harakatlar boshlanganidan keyin bir qator faollar va tashkilotlarning chaqiriqlariga etibor bermay, rossiyalik jangchilar bilan hamkorlikni davom ettirib kelmoqda. Ha, bayroqlardan foydalanish taqiqlangan edi, lekin bu tashkilotning barcha jangchilariga tegishlidir (hozir unday emas). Bu voqelik ko'pchilik uchun kutilmagan bo'ldi. Dana yosh avlodni ko'p bor tanqid qiladi. U amerikaliklar kuchsizlanib qolganini dog'istonliklarga nisbatan olib misol keltirdi: 

“Xabib Nurmagomedov jamoasi AQSHni egallab olmoqda, chunki bizning yoshlarimiz “uxlayapti”. Ha, bu fakt. Rossiyadan kelgan yigitlar boshqacha tug'ilgan, ular boshqacha ulg'aygan, o'zgacha mentalitetga ega. Biz esa zaiflarga aylanib boryapmiz”.

Habib Jo'raboev tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing