So’nggi yangiliklar

20:28Дана Уайт Эдди Хирнни Лондонда юзма-юз келишиб олишга чақирди 0 19:57Афсонавий Рауль Гонсалес илк бор катталар жамоасини бошқаради 0 18:55Махачев Тошкентда топширилган ишончнома ҳақида гапирди + ФОТО 0 18:24Илия Топурия фаолиятидаги энг эсда қоларли жангини айтди 0 17:53"Манчестер Юнайтед" Кэррикни "Ливерпуль"га қарши ўйингача истеъфога чиқариши мумкин — манба 0 17:22Жейрон Эннис иштирокидаги бирлаштирувчи жанг қачонга белгилангани маълум 0 16:50Мейвезер катта жанги учун эҳтимолий рақибларни очиқлади 0 16:19Усман Нурмагомедов бир неча кун ичида UFC’га ўтиши мумкин 0 15:48Венгер ФИФА президенти сайловида иштирок этишга рози бўлиш арафасида 0 15:17Уч нафар ҳамюртимиз Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:46Бугун икки боксчимиз Олимпия ўйинлари медали учун рингга кўтарилади 0 14:15Магнус Карлсен: "Абдусатторов билан машғулотлар мени реалликка қайтарди" 0 13:44Александр Головин Ўзбекистонга қарши ўйинни ўтказиб юборади 0 13:13Дана Уайт Оқ уйда матбуот котиби бўлиш таклифига ўз жавобини айтди 0 12:42Паризода Талабованинг медали ўзбек енгил атлетикаси учун тарихий бўлди 0

29 sen 17:50
Yangiliklar

Futbol

Bilasizmi? "Nasaf" shu paytgacha o'z uyida Saudiya klubi bilan faqat bir marta o'ynagan

Bugun O'zbekistonning amaldagi chempioni "Nasaf" o'z maydonida Elit OCHL 2-turi doirasida Saudiya Arabistonining eng kuchli klublaridan biri "Al Hilol"ni qabul qiladi.

Statistikaga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Nasaf" shu paytgacha Osiyo CHempionlar Ligasida o'z maydonida Saudiya Arabistoni klubi bilan faqat ikki marta o'ynagan. Bu voqealar ham 9 va 10 yil oldin bo'lgan. 

2015 yilda "Nasaf" Qarshida "Al Ahli"ni qabul qilib, bahs 0:0 hisobida yakun topgandi. Quyida shu uchrashuvni yodga olamiz.

05.05.2015. "Nasaf" - "Al Ahli" 0:0
"Nasaf":
Eldor Suyunov, Roy Rok, Maqsud Karimov, Hamza Karimov, SHerzod Azamov, Erkin Baydullaev, Odil Hamrobekov (Ilhom Yunusov, 82), SHohruh Gadoev (Botir Qoraev, 90), Bahrom Abdurahimov, Artur Gevorkyan, Ilhom SHomurodov.
Zaxirada qolganlar: O'tkir Yusupov, Alibek Turobov, SHarof Muhitdinov, Aziz G'aniev, Akrom Bahriddinov.
Ogohlantirish: H.Karimov, R.Rok.
CHetlatish: B.Abdurahimov.
Bosh hakam: Masaaki Toma (Yaponiya)
Qarshi, Markaziy stadion. 16,000 tomoshabin.

Bu o'yinni hozir kimdir eslaydi, kimdir yo'q. Bahrom Abdurahimov 71-daqiqada qizil kartochka olib maydonni tark etgan. "Nasaf" bir kishi kam 20 daqiqani o'tkazib o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan. Va yana bir qiziq malumot, 10 yil oldingi bahsda zaxirada o'tirgan SHarof Muhitdinov hozir ham "Nasaf"da va u jamoaning asosiy futbolchilaridan biri hisoblanadi.

2015 yil "Al Ahli" 12 ochko to'plab guruhdan birinchi o'rin bilan chiqqan bo'lsa, "Nasaf" 8 ochko bilan o'z ishtirokini OCHL guruh bosqichida tugatgan.


Keyingi yil esa "Nasaf" Qarshida "Al Ahli"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g'alaba qozongan edi.  

"NASAF" - "Al Ahli" - 2:1 (0:0)
02.03.2016. 2-tur. Qarshi. "Markaziy" stadioni. 16221 tomoshabin.
Bosh hakam:
Ma Ning (Xitoy)
Gollar:
1:0 - Abduholiqov Bobur (Muhammadiev SHuxrat), 47
2:0 - Karimov Maqsud, 60
2:1 - Asiri Muhanad - penalti, 71
"NASAF": Eldorbek Suyunov, Azamov SHerzod, Karimov Maqsud; Muhammadiev SHuhrat; Rahmatov Saydullo; Rahmatullaev Dilshod; Abdurahimov Bahrom; G'aniev Azizjon; Gevorkyan Artur; SHomurodov Ilhom; Abduxoliqov Bobur (Muhitdinov SHarof, 90)
Zaxiradagilar: Normurodov Najmiddin; Mamatkazin Ildar; Xushbakov Dilshod; Narzullaev Doniyor; Allaniyazov Azamat; Quvvatov Sanjar
Ogohlantirishlar: Azamov SHerzod, 40; Rahmatullaev Dilshod, 49

Demak, 2016 yilgi "Nasaf" – "Al Ahli" uchrashuvida mezbonlar g'alaba qozonishgan. Tarkibni ham keltirib o'tdik. Bu o'yinni hozir kimdir eslaydi, kimdir yo'q. Bobur Abduholiqov 47-daqiqada hisobni ochgan, 60-daqiqada Maqsud Karimovning goli "ajdarlar"ga g'alaba keltirgan. Mehmonlar faqat penaltidan bitta gol ura olishgan xolos. 

Va yana bir qiziq malumot: 10 yil oldingi bahsda bo'lgan SHuhrat Muhammadiev va SHarof Muhitdinov hozir ham "Nasaf"da.


VIDEONI KO'RISH


2016 yil "Al Ahli" 9 ochko to'plab guruhda uchinchi o'rinni egallagan bo'lsa, "Nasaf" 5 ochko bilan to'rtinchi o'rinni band etgan. Bugun "Al Hilol" bilan kechadigan uchrashuvda qarshiliklarga omad tilab qolamiz.


Xayrulla Xoliqov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing