18 iyu 18:45
Yangiliklar

Billie Jean King Cup. Tennischilarimiz bu safar Indoneziyaga alamli tarzda mag'lub bo'ldi
Bugun musobaqaning II Osiyo/Okeaniya guruhida ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi Indoneziyaga qarshi kortga chiqdi.
Dastlabki bahsda yurtimizning uchinchi raketkasi Darya SHubina Anjali Kirana Junartoga qarshi o'ynab, 0:2 (6/7, 6/7) hisobida taslim bo'ldi. Ikkinchi o'yinda esa kutilmaganda Nigina Abduraimova o'rniga Sabrina Olimjonova ko'rinish berdi. Etiborlisi, Olimjonova o'z o'yinida Mishka Sinkleyr Goenadidan ustun keldi — 2:0 (6/3, 6/3).
Hal qiluvchi uchinchi to'qnashuvda esa Abduraimova/SHubina juftligi Indoneziyaning avvalgi ikki o'yinda kortga chiqqan vakilalari oldida alamli mag'lubiyatni qabul qilib oldi — 0:2 (6/7, 5/7).
SHunday qilib, Oqgul Omonmurodova sardorligi ostidagi tennischi qizlarimiz o'zlarining ikkinchi o'yinida ikkinchi mag'lubiyatini qarshiladi.
Fikrlar